Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 11–14-betlar
INKLYUZIV SINFLARDA O‘QITUVCHINING KASBIY KOMPETENSIYASI: TALAB VA MUAMMOLAR
Sarsenbaeva, Raya, Saidboyeva, Barno
DOI: 10.70413/si-v03-i23-p1-003 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Inklyuziv ta’lim zamonaviy ta’lim tizimining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, barcha o‘quvchilarning, jumladan, maxsus ehtiyojga ega bolalarning ham to‘laqonli o‘rganishiga zamin yaratadi. Bunday sinflarda o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi alohida ahamiyat kasb etadi.Ushbu maqolada o‘qituvchilardan talab etiladigan asosiy ko‘nikmalar, malaka va kompetensiyalar, shuningdek, ularni shakllantirishdagi dolzarb muammolar tahlil qilinadi.Inklyuziv ta’limning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan o‘qituvchining psixologik, pedagogik, kommunikativ va metodik tayyorgarligiga bog‘liq.Shu nuqtayi nazardan, maqolada o‘qituvchining doimiy rivojlanishi, o‘z ustida ishlashi va kasbiy malakasini oshirib borishi zarurligi ta’kidlanadi. Mazkur maqola inklyuziv sinflarda faoliyat yuritayotgan yoki yuritmoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar uchun ilmiy-amaliy tavsiyalarni taqdim etadi.
kompetensiya, pedagogik, metodik, kommunikativ, malaka, inklyuziv ta’lim.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.