Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 13–15-betlar

INVESTITSIYA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH BORASIDAGI NAZARIY QARASHLAR

Jo‘rayev, O‘ktam

DOI: 10.5281/zenodo.15734635 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Investitsiyalar zamonaviy iqtisodiy tizimda mavjud moliyaviy resurslarni muayyan vaqt davomida ko‘paytirish imkonini beruvchi strategik iqtisodiy instrument sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ular bo‘sh moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan xo‘jalik subyektlari uchun kapitalni samarali joylashtirish, ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholining farovonligini oshirish vositasi hisoblanadi. Shuningdek, investitsiya faoliyatining tizimli boshqaruvi va resurslarning oqilona yo‘naltirilishi iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror va uzluksiz o‘sishini ta’minlashda muhim makroiqtisodiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Investitsiyalarning istiqbolli va innovatsion yo‘nalishlarga yo‘naltirilishi esa texnologik yangilanish, raqobatbardoshlikning oshishi va yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sishiga turtki bo‘ladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.