Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 41–49-betlar
QASHQADARYO VILOYATIDAGI SANOAT SUBYEKTLARINING RAQAMLI MARKETINGGA O‘TISHDAGI TO‘SIQLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI
Sharipov, Gʻulomjon
DOI: 10.70413/si-v03-i25-p1-011 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur tadqiqot Qashqadaryo viloyatidagi sanoat korxonalari uchun raqamli marketingga o‘tishdagi asosiy to‘siqlarga e’tibor qaratadi. Tadqiqotda, viloyatning sanoat subyektlarining raqamli texnologiyalarni qo‘llash jarayonidagi muammolar tahlil qilinadi, jumladan, texnologik cheklovlar, xodimlarning raqamli marketing sohasidagi bilim va ko‘nikmalarining yetishmasligi, resurslarning cheklanganligi va raqamli infratuzilmaning rivojlanmasligi kabi omillar. Shuningdek, to‘siqlarni bartaraf etishning samarali yo‘llari, masalan, raqamli marketing bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, zamonaviy raqamli vositalar va platformalarni joriy etish, hamda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash orqali raqamli transformatsiyani amalga oshirish usullari taklif etiladi. Tadqiqot viloyatdagi sanoat korxonalari uchun raqamli marketingni muvaffaqiyatli qo‘llashda zarur bo‘lgan strategik choralarni ko‘rsatadi va raqamli transformatsiya jarayonini yanada samarali qilish yo‘llarini belgilaydi.
Raqamli marketing, sanoat subyektlari, raqamli transformatsiya, to‘siqlar, innovatsion yondashuvlar, raqamli texnologiyalar, marketing strategiyalari, Qashqadaryo viloyati, texnologik cheklovlar, raqamli infratuzilma, o‘quv dasturlari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.