Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 4–9-betlar

O‘ZBEKISTON MAKTABLARIDA RAQAMLI TAFOVUT VA UNING INGLIZ TILI O‘QUVCHILARINING RAQAMLI KOMPETENSIYASIGA TA’SIRI

Raxmatullayeva, Barno

DOI: 10.70413/si-v03-i26-p1-001 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston maktablarida mavjud raqamli tafovut (digital divide) va uning ingliz tili fani o‘quvchilarining raqamli kompetensiyasiga (raqamli savodxonlik, axborot texnologiyalaridan foydalana olish qobiliyati) ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda shahar va qishloq maktablari o‘rtasidagi texnologik imkoniyatlar farqi, o‘qituvchilarning va o‘quvchilarning raqamli resurslardan foydalanish darajasi, internetga ulanish sifati va mavjudligi, shuningdek, raqamli vositalarning dars jarayoniga integratsiyasi o‘rganiladi. Ishda so‘rovnoma, intervyu va kuzatuv metodlari orqali ma’lumotlar yig‘ilib, raqamli tafovut ingliz tili o‘quvchilari uchun qanday didaktik va metodik to‘siqlar tug‘dirishi amaliy jihatdan tahlil etiladi. Natijalar asosida raqamli tafovutni kamaytirish va ingliz tili o‘quvchilarining raqamli kompetensiyasini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

raqamli tafovut, raqamli kompetensiya, texnologik tengsizlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), ta’limda raqamli transformatsiya

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.