Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 10–12-betlar

AYOLLAR O‘RTASIDA BACHADON BO‘YNI RAKINI OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI

Fayzullayeva, Yulduzxon

DOI: 10.70413/si-v03-i26-p1-002 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Bachadon bo‘yni raki — bu zamonaviy onkologiyada eng ko‘p uchraydigan, ammo ayni paytda eng samarali oldi olinadigan saraton turlaridan biri hisoblanadi. Boshqa ko‘plab saraton turlaridan farqli o‘laroq, bachadon bo‘yni raki ko‘pincha uzoq vaqt davomida sezilarsiz kechadi va klinik jihatdan faollashgan paytda ko‘pchilik hollarda kech bosqichlarda aniqlanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyoda 600 mingdan ortiq ayolda ushbu kasallik aniqlanadi va ularning yarmiga yaqini hayotdan ko‘z yumadi. Bu esa kasallikni erta aniqlash va profilaktik choralar ko‘rishning naqadar dolzarb masala ekanini ko‘rsatadi. GLOBOCAN 2024 hisobotida bachadon bo‘yni raki ayollar orasidagi saraton bilan bog‘liq o‘limlar orasida to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Shu bois, barcha rivojlanayotgan mamlakatlarda, jumladan O‘zbekistonda ham, bu masalaga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.