Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 134–136-betlar

ILMIY METODLARNING ADABIYOTSHUNOSLIKDAGI O’RNI

Karimova, Begoyim

DOI: 10.70413/si-v03-i27-p1-030 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ilm-fan nihoyatda muvaffaqiyatli inson faoliyati hisoblanadi. Ilmga xos deb hisoblangan faoliyatlar orasida tizimli kuzatuv va tajriba o’tkazish, induktiv va deduktiv fikrlash, gipotezalar va nazariyalarni shakllantirish va sinovdan o’tkazish ilmiy jarayonlarning asosi hisoblanadi. Ilm-fanning turli sohalarida “metod” so’zi juda keng qo’llaniladi va har bir sohaning o’z tadqiqotlari, metodlari mavjud. Odatda, metodlar, masalan, ilmiy tadqiqotlar yoki texnologik jarayonlar doirasida, muayyan maqsadga erishish uchun tizimli va aniq belgilangan usullar, qadamlar yig’indisi sifatida tushuniladi. Metod o’zi nima degan savolga bugungi kunda judayam ko’plab va xilma hil javoblar topish mumkin. Metodlar bu – bilim olish yoki ma’lum bir maqsadga erishish uchun tizimli tarzda belgilangan yondashuv va protseduralar to’plamidir.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.