Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 54–59-betlar

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA DASTURIY TA’MINOT BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKALARI

Saitova, Ra’no, Yaxiyaxonova, Muxiba, Negmatova, Sevinch

DOI: 10.70413/si-v03-i28-p1-015 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar asosida dasturiy ta’minot bo‘limini o‘qitishning samarali metodikalari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar ta’lim tizimiga integratsiya qilinishi o‘quvchilarga bilim olish jarayonini yanada interaktiv va samarali qilish imkonini beradi. Dasturiy ta’minot bo‘limida raqamli texnologiyalarni qo‘llash nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Maqolada interfaol ta’lim metodlari, jumladan, guruhli muhokama, case-study, rol o‘ynash, hackathon va interaktiv testlar kabi metodlarning samaradorligi ko‘rsatilgan.Ushbu metodlar o‘quvchilarga real hayotdagi muammolarni hal qilishda yordam beradi va ularni tizimlarni yaratish va rivojlantirishda tajriba orttirishga rag‘batlantiradi. Maqola, raqamli texnologiyalar asosida dasturiy ta’minot bo‘limini o‘qitishda interaktiv usullarni qo‘llashning ta’lim samaradorligini oshirishdagi muhim rolini ta’kidlaydi. O‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va ta'lim jarayonini modernizatsiyalashda raqamli texnologiyalarning o‘rni yuksakdir.

Raqamli texnologiyalar, dasturiy ta’minot, ta’lim metodikalari, interfaol ta’lim, amaliy ko‘nikmalar, pedagogik metodlar, case-study, rol o‘ynash, hackathon, interaktiv testlar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.