Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 78–84-betlar

MAHALLIY VA XORIJIY SOYA NAVLARINING TUP SONI VA SAQLANISH DARAJASIGA BIOPREPARAT VA BIOSTMULYATORLAR QO‘LLASHNING TA’SIRI

Iminov, Abduvali, Bo‘riboyev, Bekzod

DOI: 10.70413/si-v03-i28-p1-019 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu ilmiy maqolada soyaning “Nafis” va “Vilana” navlari o‘simliklarining unuvchanlik darajasi va vegetatsiya davrining oxirga qadar saqlanib qolish ko‘rsatkichlariga turli biostimulyatorlar va biopreparatning ta’siriga oid ma’lumotlar keltirilgan. Soya navlariga “Uz gumin”, “Fitovak” biostimulyatorlari hamda “Yer malhami” biopreparati bilan urug‘ga va vegetatsiya davomida ishlov berilishi, ungan nihollarning saqlanib qolish darajasini oshirib, o‘simliklarning nobud bo‘lish ko‘rsatkichini kamaytirgani aniqlandi. Ayniqsa, “Yer malhami” biopreparati qo‘llanilgan variantlarda Nafis navida 334,2 ming tup/ga, Vilana navida esa 328,7 ming tup/ga gacha o‘simliklar saqlanib qolishi kuzatilib, nobud bo‘lgan o‘simliklar soni mos ravishda 4,8% va 5,0% ni tashkil etganligi aniqlandi. “Fitovak” biostimulyatori ham yuqori biologik faollik ko‘rsatib, o‘simliklarning vegetatsiya oxirigacha barqaror saqlanishini ta’minladi. “Uz gumin” bilan ishlov berilgan variantlarda har ikki navda o‘simliklarning 5,3-5,6% gacha nobud bo‘lishi qayd etilgan bo‘lib, bu nazorat variantiga nisbatan ancha ijobiy natija berganligi aniqlandi. Nazorat variantlarida esa yuqori yo‘qotish 6,4-6,7% qayd etilib, o‘simliklarning muhit omillariga chidamliligi pastroq bo‘lganligi kuzatildi.

Soya, biostimulyator, biopreparat, Uz gumin, Fitovak, Yer malhami, soyaning Nafis va Vilana navlari, Unuvchanlik darajasi, Nobut bo‘lgan o‘simliklar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.