Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 171–172-betlar

QISHLOQ XO‘JALIGI VA QAYTA ISHLASH KORXONALARI O‘RTASIDA QIYMAT ZANJIRINI OPTIMALLASHTIRISH (QORAQALPOG‘ISTON MISOLIDA)

Smetov, Murat

DOI: 10.70413/si-v03-i28-p1-042 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash korxonalari o‘rtasidagi qiymat zanjirini optimallashtirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda qiymat zanjiri tushunchasi, uning iqtisodiy ahamiyati, hudud sharoitida uchraydigan asosiy muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchilar o‘rtasida barqaror hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, agro-klasterlar tashkil etish hamda raqamli texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri tahlil qilinadi. Maqola yakunida qiymat zanjirini takomillashtirish orqali hududiy iqtisodiy o‘sish, oziq-ovqat xavfsizligi va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Qoraqalpog‘iston, qishloq xo‘jaligi, qayta ishlash korxonalari, qiymat zanjiri, optimallashtirish, logistika, agro-klaster, raqamli texnologiyalar, iqtisodiy samaradorlik, oziq-ovqat xavfsizligi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.