Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 119–121-betlar

HARAKAT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASHDA PEDAGOGIK TAʼLIMNING O‘RNI VA AHAMIYATI

Ergashev, Nurmuhammad

DOI: 10.70413/si-v03-i29-p1-031 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Tezisda yo‘l harakati xavfsizligini oshirishda pedagogik ta’limning ahamiyati nazariy va amaliy dalillar asosida yoritiladi. Tadqiqot ijtimoiy o‘rganish nazariyasi, rejalashtirilgan xulq-atvor nazariyasi va “xavfsiz tizim” yondashuviga tayangan holda olib borildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, barqaror ijobiy o‘zgarish qoidalarni yodlash bilangina emas, balki riskni idrok etish, o‘zini-o‘zi boshqarish va fuqarolik mas’uliyatini shakllantiruvchi tarbiyaviy muhit orqali yuzaga keladi. Bolalar bog‘chasidan boshlab oliy ta’limgacha bo‘lgan bosqichlarda tajribaviy o‘qish, rol modellari, raqamli simulyatsiyalar va loyiha asosidagi faoliyat o‘quvchilarning diqqatni boshqarish, qaror qabul qilish va xavfga munosabatini yaxshilaydi. O‘qituvchilarni maxsus metodik tayyorlash, ota-onalar va mahalla bilan hamkorlik hamda KAP (bilim–munosabat–amaliyot) o‘lchovlariga tayanuvchi baholash tizimi natijadorlikni oshiradi. Xulosa sifatida, pedagogik ta’lim infratuzilma va siyosiy choralarga uyg‘unlashtirilganda jamiyatda xavfsiz harakat madaniyatini shakllantirishning yetakchi omiliga aylanadi.

harakat xavfsizligi, pedagogik ta’lim, ijtimoiy o‘rganish, rejalashtirilgan xulq, xavfsiz tizim, risk savodxonligi, tajribaviy o‘qish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.