Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 50–52-betlar
RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING AKMEOLOGIK POZITSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Aralova, Dilafruz
DOI: 10.70413/si-v03-i30-p1-015 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu tezisda raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining akmeologik pozitsiyasini rivojlantirish jarayonining pedagogik va psixologik xususiyatlari tahlil etilgan. Akmeologik pozitsiya pedagogning kasbiy o‘sish, ijodiy salohiyat va shaxsiy yetuklik sari intilishdagi faol hayotiy pozitsiyasi sifatida izohlangan. Psixologik jihatdan bu jarayon motivatsiyani kuchaytirish, metakognitiv tafakkurni rivojlantirish, o‘z-o‘zini baholash va mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Pedagogik jihatdan esa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, innovatsion ta’lim metodlarini tatbiq etish va hamkorlikda o‘qitish amaliyotini kengaytirish muhim omil sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.
raqamli ta’lim muhiti, akmeologik pozitsiya, pedagogik xususiyatlar, psixologik xususiyatlar, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, professional rivojlanish, metakognitiv tafakkur, ijtimoiy muhit, ijodiy qobiliyat va boshqalar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.