Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 77–81-betlar

“RAQAMLI DAVRDA INSON HUQUQLARI: SHAXSIY HAYOT DAXLSIZLIGI VA KIBERXAVFSIZLIK”

Ashurova, Mohlaroy

DOI: 10.5281/zenodo.16958314 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu tezisda raqamli davrda inson huquqlarini ta’minlash masalalari, xususan, shaxsiy hayot daxlsizligi va kiberxavfsizlik muammolari yoritiladi. Globalizatsiya va texnologik taraqqiyot shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash hamda qayta ishlash jarayonini kengaytirib, insonlarning shaxsiy hayotini himoya qilishni murakkablashtirmoqda. Shu bilan birga, kiberjinoyatlar va axborot xurujlari sonining ortishi davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar oldiga yangi huquqiy va institutsional choralarni ishlab chiqish vazifasini qo‘ymoqda. Tezisda inson huquqlari umumiy tamoyillari bilan raqamli xavfsizlik o‘rtasidagi muvozanat, mavjud xalqaro huquqiy normalar (BMT rezolyutsiyalari, Yevropa Kengashi konvensiyalari va boshqa hujjatlar) hamda milliy qonunchilik tajribalari tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli davrda fuqarolarning axborotdan erkin foydalanish huquqi va shaxsiy hayot daxlsizligini uyg‘unlashtirishning huquqiy, texnologik va ijtimoiy mexanizmlari muhokama qilinadi.

inson huquqlari, raqamli davr, shaxsiy hayot daxlsizligi, kiberxavfsizlik, ma’lumotlarni himoya qilish, kiberjinoyatlar, axborot erkinligi, milliy qonunchilik

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.