Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 135–138-betlar
GLOBALLASHUV SHAROITIDA MUSIQAGA VA MUSIQA FAOLIYATIGA IJODIY MUNOSABATLARNI O‘STIRISH
Xojimamatov, Azimjon
DOI: 10.70413/si-v03-i30-p1-038 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Musiqaning inson hissiyoti va intilishiga, uning mazmunini tushunish va his etishga katta ta’sirini hisobga olganda haqqoniy va voqelikni to‘g‘ri aks ettirgan musiqali asardan o‘rinli foydalanish alohida muhim o‘rin tutadi. Ma’lumki, musiqali obrazlarning shakllanishining asosiy manbai tabiat va kishi nutqiga mos kelishiga, atrof dunyodagi go‘zallikni idrok etishga bevosita bog‘liqdir. Qadim zamonlardan beri inson qo‘shiqlarda yoki cholg‘u asboblari ijrosida o‘zi tinglagan qushlar ovozini, aks-sadolarini, suvlarning oqishini, hasharotlar navosini aks ettirish uchun harakat qilib kelgan. Musiqiy san’at uchun odamning fikrlash va ifodalash hissiyoti asos bo‘lib xizmat qilgan. Musiqa kishilar hissiyoti va tafakkuriga ta’sir o‘tkazib, yon-atrofdagi voqelikni emotsional idrok etadi hamda uni qayta tiklash va o‘zgarishga yordam beradi. O‘zining ilg‘or emotsional ifodasini aks ettiradigan musiqa kishi hissiyotiga, tafakkuriga, dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatib, uni ma’lum maqsad sari yo‘llaydi, yon-atrofga bo‘lgan munosabatini o‘zgartiradi va hayrixohlik uyg‘otadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.