Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 21–23-betlar

TIJORAT BANKLARIDA KREDIT RISKINI MINIMALLASHTIRISHDA KAFOLAT VA TA’MINOT MEXANIZMLARINING ROLI

Botirova, Sadoqatxon

DOI: 10.70413/si-v03-i31-p1-008 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Tijorat banklarining asosiy faoliyati kreditlar berish bilan bog‘liq bo‘lib, bu jarayonda doimo kredit tavakkalchiligi (kredit xavfi) yuzaga keladi. Kredit tavakkalchiligi qarz oluvchining kredit bo‘yicha majburiyatlarini bajarmasligi natijasida bankning moliyaviy yo‘qotishlarga uchrashi xavfini anglatadi. Bunday risk banklarning barqaror ishlashi va daromadliligiga bevosita ta’sir qiladi, chunki olinadigan daromad miqdori qarz portfelidagi xavflar darajasiga bog‘liq. Shu bois, banklar faoliyatida risk va foyda o‘rtasidagi optimal muvozanatni saqlash va kredit siyosatini izchil boshqarish muhim masalalardan biridir. Umuman olganda, kredit tavakkalchiligini samarali boshqarish banklarning uzoq muddatli barqarorligini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.