Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 6–10-betlar
MUSTAFO LUTFIY AL-MANFALUTIYNING “BAXT SHAHRI” HIKOYASINING BADIIY VA G‘OYAVIY TAHLILI
Abdusalomova, Xurshidaxon, Rustamov, A.E.
DOI: 10.70413/si-v03-i32-p1-002 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada arab adabiyotining Milliy yuksalish davri — An-Nahda davrida adabiyot oldiga qo‘yilgan yangi vazifalar, ma’rifatparvarlik tamoyillari va tanqidiy realizmning shakllanishi haqida so‘z yuritiladi. Maqolada Misr adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri Mustafo Lutfiy al-Manfalutiyning hayoti, ta’lim olishi va ijodiy faoliyati keng yoritiladi. Ayniqsa, uning “Baxt shahri” hikoyasi badiiy, g‘oyaviy va syujet tahlili orqali ko‘rib chiqiladi. Hikoyada insonlarning baxtli hayotga erishuvi uchun Haqni tanishi, diniy qadriyatlarga amal qilishi, o‘zaro mehr-muhabbat va adolat asosida yashashi zarurligi ilgari suriladi. Tahlilda hikoyaning asosiy syujet bosqichlari, ramziy unsurlari va adabiy xususiyatlari yoritilib, asarning ma’naviy va ijtimoiy ahamiyati ko‘rsatib berilgan.
An-Nahda, arab adabiyoti, Misr adabiyoti, Mustafo Lutfiy al-Manfalutiy, zamonaviy hikoya, tarjima, ma’rifatchilik, realizm, tanqidiy realizm, “Baxt shahri”, ramz, ijtimoiy g‘oya, diniy qadriyatlar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.