Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 57–59-betlar

BADIIY MATNDA IRONIYANING LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI

Ubaydullayev, Said

DOI: 10.5281/zenodo.17084647 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Badiiy adabiyot inson tafakkuri va jamiyat madaniyatini aks ettirishning eng yuksak shakllaridan biridir. Unda estetik ta’sirchanlik, emotsional-ekspressivlik va ijtimoiy-baholovchi vazifani bajaruvchi turli stilistik vositalar keng qo‘llanadi. Shulardan biri ironiyadir. Ironiya — bu tashqi shaklida ijobiy yoki neytral ko‘rinuvchi, ammo ichki ma’noda tanqid, kinoya, istehzo ifodalovchi nutq hodisasidir. Lingvopragmatik jihatdan ironiyaning ahamiyati shundaki, u muallifning yashirin niyatini ochib beradi, o‘quvchi ongida kutilmagan semantik assotsiatsiya hosil qiladi va matnga qo‘shimcha estetik qatlam qo‘shadi. Mazkur maqolada ironiyaning lingvopragmatik xususiyatlari badiiy matn materiali asosida tahlil qilinib, uning semantik, sintaktik va stilistik ko‘rinishlari izohlanadi.

tilshunoslik, psixolingvistika, lingvopragmatika, presuppozitsiya, implikatura.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.