Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 65–66-betlar

OSOK BEMORLARIDA KOGNITIV FUNKSIYALAR VA EMOTSIONAL HOLATNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Doniyorova, Surayyo

DOI: 10.70413/si-v03-i32-p1-017 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

OSOK bemorlarida kognitiv funksiyalarni pasayishi ko‘pincha gipoksiya va giperkapniya darajasi bilan bog‘liq. Tadqiqot davomida 100 nafar bemor 3 guruhga ajratildi: yengil, o‘rta va og‘ir OSOK. Kognitiv testlar (MoCA, MMSE) va emotsional holatni baholash (HADS shkalasi) asosida olingan natijalar ko‘rsatdiki, og‘ir OSOK guruhida kognitiv pasayish 68% hollarda, depressiya 55%, tashvish 47% hollarda aniqlangan. O‘rta og‘irlikdagi OSOK bemorlarida esa bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 42%, 33% va 25% ni tashkil etdi. Statistik tahlil shuni ko‘rsatadiki, kognitiv pasayish darajasi bilan depressiv simptomlar o‘rtasida kuchli ijobiy korrelyatsiya mavjud (r=0.71, p<0.01). Bu natijalar OSOKni kompleks davolashda psixiatriya va psixoterapiya aralashuvlarini qo‘shish zarurligini ko‘rsatadi. Shuningdek, psixoterapevtik yondashuvlar bemorlarning hayot sifatini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi....

OSOK, Kognitiv funksiyalar, Emotsional holat, Depressiya

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.