Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 116–119-betlar

TIJORAT BANKLARIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING AHAMIYATI

Xo‘jayev, Sanjarbek

DOI: 10.70413/si-v03-i32-p1-031 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur ilmiy ishda tijorat banklarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati yoritilgan. Bank faoliyatida raqamli yechimlarni keng qo‘llash xizmatlar sifatini oshirish, mijozlar uchun qulaylik yaratish, operatsion xarajatlarni kamaytirish hamda risklarni samarali boshqarishga xizmat qilmoqda. Mobil va internet banking, QR-kodli to‘lovlar, elektron hamyonlar, blokcheyn texnologiyalari, sun’iy intellekt asosidagi risk-menejment tizimlari va biometrik autentifikatsiya kabi innovatsiyalar bank tizimida shaffoflik va ishonchlilikni kuchaytiradi. Shuningdek, xalqaro tajriba va “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasidagi milliy islohotlar tijorat banklari raqobatbardoshligini oshirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va mijozlar bazasini kengaytirishga zamin yaratmoqda. Shu bois, zamonaviy texnologiyalarni bank amaliyotiga keng tatbiq etish mamlakat moliya tizimining barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishda muhim omil hisoblanadi.

Tijorat banklari, zamonaviy texnologiyalar, raqamli transformatsiya, mobil banking, internet banking, elektron to‘lovlar, blokcheyn, sun’iy intellekt, biometrik autentifikatsiya, kiberxavfsizlik, risk-menejment, moliyaviy barqarorlik, mijozlar ishonchi, Raqamli O‘zbekiston – 2030, innovatsion bank xizmatlari.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.