Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 59–61-betlar

TIJORAT BANKLARIDA XARAJATLARNI REJALASHTIRISH VA BUDJETLASHTIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI

Abduqodirov, Otabek

DOI: 10.5281/zenodo.17150487 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada tijorat banklarida xarajatlarni rejalashtirish va budjetlashtirishning zamonaviy usullari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Bank faoliyatida xarajatlarni aniq rejalashtirish va samarali budjetlashtirish moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, risklarni kamaytirish va foydalilik darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda xalqaro standartlar — IFRS, Basel tamoyillari, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida bank xarajatlarini boshqarishning innovatsion usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekiston tijorat banklari misolida amaldagi rejalashtirish va budjetlashtirish amaliyoti tahlil qilinib, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Natijada, bank tizimida samaradorlikni oshirish, raqobatbardoshlikni mustahkamlash va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish imkoniyatlari yoritiladi.

Tijorat banklari, xarajatlarni rejalashtirish, budjetlashtirish, moliyaviy barqarorlik, nazorat tizimi, innovatsion usullar, IFRS, Basel tamoyillari, strategik boshqaruv, samaradorlik, raqobatbardoshlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.