Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 71–74-betlar

BANK MENEJMENTIDA MIJOZLAR BILAN MUNOSABATLARNI BOSHQARISH TIZIMINING SAMARADORLIGI

Qosimova, Nozima

DOI: 10.5281/zenodo.17151192 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada tijorat banklari menejmentida mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish tizimining (CRM – Customer Relationship Management) roli va samaradorligi chuqur o‘rganiladi. Ayniqsa, raqamli transformatsiya sharoitida mijozga yo‘naltirilgan yondashuv bankning raqobatbardoshligini oshirishda strategik vosita sifatida ko‘rilmoqda. Xizmat ko‘rsatish sifati, mijoz sadoqati va daromadlarni barqarorlashtirishda CRM texnologiyalarining qo‘llanilishi, ularning bank boshqaruvi strukturasi bilan integratsiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida AT “Xalqbanki” misolida mavjud CRM amaliyoti o‘rganilib, tizim samaradorligini baholash bo‘yicha mezonlar ishlab chiqilgan. Mazkur maqola banklar faoliyatida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ularning ehtiyojlariga mos xizmatlar yaratish hamda mijozlar bilan uzoq muddatli, ishonchli aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalarni taklif etadi.

Bank menejmenti, mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish (CRM), mijoz sadoqati, xizmat ko‘rsatish sifati, raqamli transformatsiya, Xalqbank, mijoz segmentatsiyasi, sun’iy intellekt, raqobatbardoshlik, bank axborot tizimi, mijozga yo‘naltirilgan strategiya, Big Data tahlil, moliyaviy samaradorlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.