Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 120–123-betlar

ARTERIAL GIPERTENZIYA (YUQORI QON BOSIMI) VA UNING FIZIOLOGIK MEXANIZMLARI

Turdiyeva, Gulnoza

DOI: 10.5281/zenodo.17165513 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

ushbu tezisda arterial gipertenziya — yuqori qon bosimining shakllanish sabablari, rivojlanish mexanizmlari va fiziologik asoslari tahlil qilinadi. Gipertenziya yurak-qon tomir tizimining eng keng tarqalgan patologiyalaridan biri bo‘lib, uning rivojlanishida markaziy asab tizimi, buyrak faoliyati, endokrin omillar hamda periferik qon tomirlarning tonusi muhim o‘rin tutadi. Patogenezda renin-angiotenzin-aldosteron tizimi, simpatik asab tizimining faollashuvi, suyuqlik va tuz balansining buzilishi asosiy rol o‘ynaydi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, gipertenziya erta tashxis qo‘yish va fiziologik mexanizmlarni chuqur o‘rganish orqali samarali nazorat qilish mumkin. Tezisda gipertenziyaning klinik ahamiyati, profilaktik choralar hamda davolashda fiziologik yondashuvlarning o‘rni yoritib berilgan.

arterial gipertenziya, qon bosimi, yurak-qon tomir tizimi, fiziologik mexanizmlar, renin-angiotenzin-aldosteron tizimi, simpatik asab tizimi, buyrak, gomeostaz.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.