Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 43–47-betlar

AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA RAQAMLI IQTISODIYOT VA BARQAROR TARAQQIYOTNING STRATEGIK OMILI

Nasrullayev, Feruz

DOI: 10.5281/zenodo.17192725 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

XXI asr insoniyat tarixida “axborot asri” sifatida nom olmoqda. Chunki jamiyat taraqqiyoti tobora axborot resurslaridan oqilona foydalanish, ma’lumotlarni tezkor yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va ulardan samarali foydalanish bilan chambarchas bog‘lanib qoldi. Avvalgi davrlarda ishlab chiqarish kuchlarining asosiy manbasi tabiiy resurslar va jismoniy mehnatdan iborat  bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi davrga kelib bilim, ko’nikma, tajriba, va innovatsion texnologiyalar asosiy omil sifatida maydonga chiqmoqda. Bu esa axborotlashtirishni jamiyat rivojlanishining eng asosiy faktorlaridan biriga aylantirib axborot va bilimlarni samarali boshqarishga undaydi. Bugungi kunda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy hayotning deyarli barcha jabhalari axborotlashtirish jarayoni ta’sirida tubdan o‘zgarib bormoqda. Shunday ekan, “axborotlashgan jamiyat” tushunchasi endilikda nazariy g‘oya bo’libgina qolmay, balki amaliy voqelik sifatida namoyon bo‘lib kelmoqda.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.