Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 24–26-betlar
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA QO‘SHIMCHA PREDIKATIV SO‘ZLARNING ISHLATILISHI
Normatova Aziza, Aziza
DOI: 10.70413/si-v03-i35-p1-007 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Tilshunoslikda predikativlik — bu subyekt va predikat o‘rtasidagi grammatik aloqani anglatadi. Shuningdek, bu hodisa orqali subyektning harakati, holati yoki xususiyati ifodalanadi. Asosiy predikativlikdan tashqari, ba’zan jumlada qo‘shimcha predikativ birliklar ham qatnashadi. Ular odatda ikkinchi darajali predikatsiya sifatida qatnashib, subyektning asosiy harakatidan tashqari qo‘shimcha harakat, holat yoki xususiyatini ifodalash uchun xizmat qiladi.Qo‘shimcha predikativlik har ikkala tilda ham mavjud bo‘lsa-da, uning grammatik tuzilishi, ifoda vositalari, sintaktik funksiyasi va stilistik imkoniyatlari har xil bo‘lishi mumkin. Ingliz tilida bu hodisa ko‘pincha participial, infinitival yoki absolute constructions orqali amalga oshiriladi. O‘zbek tilida esa ergash gaplar, hol qo‘shimchalari va fe’lning harakat holat shakllari orqali ifodalanadi.Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida qo‘shimcha predikativ so‘zlarning ishlatilishi, ularning strukturaviy xususiyatlari, grammatik o‘rni va semantik yuki tahlil qilinadi.
qo‘shimcha predikativ, predikatsiya, ikkilamchi predikativlik, infinitiv, participle, ergash gap, harakat holati, sintaksis, absolut konstruktsiya
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.