Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 50–52-betlar

RISK TUSHUNCHASINING TARIXIY VA MADANIY ILDIZLARI

Rabbimov, Jaxongir

DOI: 10.5281/zenodo.17254983 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Tezisda “risk” tushunchasining kelib chiqishi va evolyutsiyasi tahlil qilinib, uning italyancha risicare hamda arabcha rizq so‘zlari bilan bog‘liq etimologik ildizlari yoritilgan. Gaspar Mairal, Federiko Korriente va Maykl de Epalza kabi olimlarning qarashlari asosida riskning diniy, madaniy va semantik jihatlari ko‘rib chiqilgan. Amir Temurning “Temur Tuzuklari”dagi qaror qabul qilish tamoyillari zamonaviy risk-menejment bosqichlari bilan qiyoslangan. Shuningdek, A. Muavr va G. Leybnitsning statistik yondashuvlari riskni ilmiy o‘rganishga zamin yaratgani ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari risk tushunchasining tarixiy meros va ilmiy izlanishlar orqali shakllanib, bugungi risk-menejment nazariyalari bilan uyg‘unlashganini tasdiqlaydi.

risk, rizq, tarixiy meros, Temur Tuzuklari, risk-menejment, statistik yondashuv.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.