Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 68–70-betlar

HAMKORBANK ATBDA MUAMMOLI KREDITLAR ULUSHINI KAMAYTIRISH BO‘YICHA RISK-MENEJMENT YONDASHUVLARI

Sultonov, Doniyor

DOI: 10.70413/si-v03-i35-p1-021 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Maqolada Hamkorbank ATB faoliyatida muammoli kreditlarning shakllanish omillari, ularning bank barqarorligiga ta’siri hamda ulushini kamaytirish bo‘yicha risk-menejment yondashuvlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida bankning so‘ngi yillardagi kredit portfeli dinamikasi, muammoli kreditlar ulushi va ularni kamaytirish bo‘yicha qo‘llanilgan mexanizmlar o‘rganildi. Statistik va qiyosiy tahlil natijalari asosida kredit skoringi, qarzdorlarni monitoring qilish, kreditlarni restrukturizatsiya qilish va Basel III tamoyillarini joriy etish bank faoliyatida muhim samaradorlik bergani aniqlangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Hamkorbank ATB risk-menejment tizimining mustahkamlanishi muammoli kreditlar ulushini pasaytirishga va kredit portfelining sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Muammoli kreditlar, risk-menejment, kredit portfeli, defolt, qarzdorlik, restrukturizatsiya, Basel III tamoyillari, kredit skoring, Hamkorbank ATB, tijorat banklari.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.