Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 89–93-betlar

O‘RTA ASR ARAB FONETIKASI TARAQQIYOTI VA UNING ZAMONAVIY FONETIKAGA TA’SIRI

Olimjonov, Xabibulloh

DOI: 10.70413/si-v03-i35-p1-027 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Arab tili o‘zining boy tarixi va fonetik tuzilishi bilan dunyo tillari orasida alohida o‘rin tutadi. O‘rta asrlar arab tilshunosligining oltin davri sifatida tilning fonetik asoslarini shakllantirishda muhim rol o‘ynadi. Bu davrda Sibavayh, Al-Xalil ibn Ahmad kabi olimlarning fonetika va fonologiyaga oid ishlari nafaqat arab tilining talaffuz qoidalarini standartlashtirdi, balki uning keyingi rivojlanishiga poydevor bo‘ldi. O‘rta asr arab fonetikasining taraqqiyoti, xususan, tajvid ilmi va qiroat an’analari orqali tilning o‘ziga xos tovush tizimi nafaqat saqlanib qoldi, balki zamonaviy arab tilining standart shakli (fusha) va dialektlarida ham o‘z aksini topdi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.