Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 106–110-betlar

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA ADABIY NUTQ KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING SAMARALI USULLARI

Ravshanova, Dildora

DOI: 10.70413/si-v03-i35-p1-032 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida adabiy nutq kompetensiyalarini shakllantirish jarayonidagi samarali usullar yoritib berilgan. Bugungi kunda ta’lim tizimida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, ularni mustaqil fikrlashga, o‘z fikrini ravon bayon eta olishga o‘rgatish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, adabiy nutq kompetensiyasini shakllantirish boshlang‘ich sinflardayoq asos solinadigan muhim jarayondir. Maqolada o‘quvchilarning adabiy matnlarni anglash, ifodali o‘qish, personajlarni tahlil qilish, matn asosida yangi voqealar yaratish kabi ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha metodik yondashuvlar keltirilgan. Shuningdek, dramatizatsiya, rolli o‘yinlar, suhbat metodi, vizual vositalardan foydalanish orqali adabiy nutqni boyitish yo‘llari tahlil qilingan. Muallif adabiy materiallar asosida o‘quvchilarning estetik didini shakllantirish, ularda milliy qadriyatlar va insoniy fazilatlarni singdirish imkoniyatlariga ham e’tibor qaratgan. Xulosa sifatida, boshlang‘ich ta’lim bosqichida adabiy nutq kompetensiyalarini rivojlantirish o‘quvchilarning umumiy tafakkuri, nutq madaniyati va ijtimoiy moslashuvchanligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlangan.

Adabiy nutq, kompetensiya, boshlang‘ich sinf, metodika, o‘qitish, uslub, o‘quvchi, og‘zaki nutq, yozma nutq, ifodali o‘qish, dramatizatsiya, fikrlash.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.