Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 111–115-betlar

QASHQADARYO VILOYATI IQTISODIY KO‘RSATKICHLARINI KO‘P OMILLI REGRESSIYA MODELLARI ASOSIDA BAHOLASH

Qodirov, Farrux

DOI: 10.70413/si-v03-i35-p1-033 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy ko‘rsatkichlari ko‘p omilli regressiya modellari yordamida baholandi. Tadqiqotda viloyatning yalpi hududiy mahsuloti, sanoat ishlab chiqarishi, qishloq xo‘jaligi hajmi, xizmatlar sohasi, aholi bandligi, investitsiyalar hajmi va tashqi savdo aylanmasi asosiy ko‘rsatkichlar sifatida tanlab olindi. Ushbu omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar hamda iqtisodiy rivojlanishga ta’siri ekonometrik usullar yordamida tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, investitsiyalar hajmi va sanoat ishlab chiqarishi viloyat yalpi hududiy mahsulotining asosiy drayverlari hisoblanadi, aholi bandligi esa ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi muhim endogen ko‘rsatkich sifatida namoyon bo‘ldi. Ko‘p omilli regressiya modellari asosida prognozlash natijalari Qashqadaryo viloyati iqtisodiy rivojlanishining barqarorlik darajasini aniqlash hamda hududiy boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ilmiy asos yaratadi.

Qashqadaryo viloyati, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, ko‘p omilli regressiya, yalpi hududiy mahsulot, investitsiyalar, bandlik, sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar sohasi, tashqi savdo, ekonometrik tahlil, prognozlash.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.