Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 136–138-betlar
ZAMONAVIY 3D MODELLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARINING ARXITEKTURA DIZAYNIDA QO‘LLANILISHI
Dosjanova, Guljaynar
DOI: 10.70413/si-v03-i35-p1-041 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy 3D modellashtirish texnologiyalarining arxitektura dizaynida qo‘llanilishiga oid masalalar chuqur tahlil qilingan. Maqolada 3D modellashtirishning nazariy asoslari, uning arxitektura sohasidagi ahamiyati hamda amaliy imkoniyatlari keng yoritiladi. Shuningdek, 3D texnologiyalari yordamida yaratilayotgan arxitektura loyihalarining aniqligi, estetikasini oshirishdagi roli, vaqt va resurslarni tejashdagi afzalliklari haqida batafsil so‘z yuritiladi. Bunda turli dasturiy vositalar, jumladan AutoCAD, Revit, SketchUp va Blender dasturlarining afzalliklari tahlil qilinadi. Bundan tashqari, maqolada 3D modellashtirishning raqamli transformatsiya jarayonlaridagi o‘rni, uni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishning metodik yondashuvlari ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot davomida arxitektura loyihalarida 3D modellarning qo‘llanilishi orqali dizaynning innovatsion yo‘nalishlari hamda ijodiy yondashuvlar rivojlanayotganini asoslovchi fikrlar ilgari suriladi.
3D modellashtirish, arxitektura dizayni, raqamli texnologiyalar, virtual muhit, vizualizatsiya, AutoCAD, Revit, SketchUp, Blender, innovatsion yondashuv.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.