Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 18–21-betlar

MATEMATIK TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHDA TO’SIQLAR VA ULARNI YENGISHNING PSIXOLOGIK USULLARI

Shoimqulova, Moxira

DOI: 10.70413/si-v03-i36-p1-006 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada matematik tafakkurni shakllantirish jarayonida uchraydigan asosiy psixologik, didaktik va ijtimoiy to‘siqlar ilmiy tahlil qilingan. O‘quvchilarda matematikaga nisbatan qiziqishning sustligi, qo‘rquv va ishonchsizlik hissi, abstrakt tushunchalarni idrok etishdagi qiyinchiliklar hamda o‘qituvchilarning metodik yondashuvlaridagi kamchiliklar asosiy muammo sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqotda kuzatish, so‘rovnoma va suhbat usullari qo‘llanilib, Toshkent shahri va viloyat maktablari misolida 300 nafar o‘quvchi va 25 nafar o‘qituvchining faoliyati o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, o‘quvchilarning katta qismi matematik tafakkurni rivojlantirishda psixologik va motivatsion muammolarga duch kelishi aniqlandi. Maqolada ushbu to‘siqlarni yengishda motivatsiyani kuchaytirish, muammoli o‘qitish, ijodiy yondashuv va stressni kamaytirishga qaratilgan psixologik usullar samarali yo‘llar sifatida taklif etiladi.

matematik tafakkur, psixologik to‘siqlar, motivatsiya, o‘quvchi faoliyati, ijodiy fikrlash, muammoli o‘qitish, stressni kamaytirish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.