Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 6-jild 2-son (2026) · 8–14-betlar

UMUMIY QON TAHLILI: NAZARIY ASOSLARI, KLINIK AHAMIYATI VA DIAGNOSTIK QIYMATI

Ayjan, Karimova

DOI: 10.5281/zenodo.18677579 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu ilmiy maqolada umumiy qon tahlilining (UQT) nazariy asoslari, laborator diagnostikadagi o‘rni, asosiy ko‘rsatkichlari hamda ularning klinik ahamiyati keng yoritilgan. Qonning fiziologik vazifalari, shaklli elementlari, gemoglobin, eritrotsit, leykotsit, trombotsit, gematokrit va eritrotsit indekslari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Shuningdek, patologik holatlarda kuzatiladigan o‘zgarishlar, anemiyalar, yallig‘lanish jarayonlari, gematologik kasalliklar hamda zamonaviy laborator tahlil usullari ilmiy asosda tahlil qilingan. Maqola tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda amaliyotchi shifokorlar uchun mo‘ljallangan

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.