Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 7–8-betlar

MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASIDA INNOVATSION YONDASHUVLARNING O‘RNI

Seytmuradova, Goʻzal

DOI: 10.70413/si-v03-i37-p1-002 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Bugungi davr ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash nafaqat fanlarni chuqurroq o‘rganishga, balki o‘quvchilarning mantiqiy, ijodiy va tanqidiy tafakkurini rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Matematika – aniq fan sifatida raqamlar, qonuniyatlar va mantiqiy tushunchalar asosida shakllanadi. Zamonaviy ta’lim tizimi esa matematika o‘qitish metodikasini yangicha yondashuvlar bilan boyitishni talab etadi. Innovatsion texnologiyalar ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarda bilimga qiziqish uyg‘otish, ularni mustaqil izlanishga va amaliyotga tayyorlashga yordam beradi. Shu sababli matematika o‘qitish metodikasida innovatsion yondashuvlarni qo‘llash bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biridir.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.