Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 19–24-betlar
“SHAJARAYI TURK” ASARIDAGI ETNONIMLARNING LINGVISTIK-SEMANTIK TAHLILI
Abduvaliyeva, Kamola
DOI: 10.5281/zenodo.17317494 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada Abulgʻozi Bahodirxonning “Shajarayi turk” asaridagi etnonimlar lingvistik va semantik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda asarda uchraydigan etnonimlar ikki asosiy guruhga – oʻz qatlamga mansub va oʻzlashma etnonimlarga ajratilib, ularning shakllanishi, semantik asoslari hamda tarixiy-lingvistik xususiyatlari yoritilgan. Maqolada etnonimlarning morfemik tuzilishi, fonetik oʻzgarishlari va semantik motivatsiyasi misollar asosida izohlanadi. “buzuq”, “uch oʻq”, “turqaq”, “xalaj” kabi oʻz qatlamga mansub etnonimlar tarixiy voqealar, ijtimoiy hodisalar va joy nomlari bilan bogʻlanib tahlil etilgan. Shuningdek, “doʻrman”, “burchigin”, “niyrun”, “barlas”, “arlat” kabi oʻzlashma etnonimlarning moʻgʻul tili bilan bogʻliqligi va ularning maʼno qatlamlari ilmiy jihatdan izohlangan. Shuningdek, etnonimlarning etnotoponimlar bilan uzviy bogʻliqligi va ularning xalq tarixiy xotirasini aks ettiruvchi vosita sifatidagi roli alohida taʼkidlangan.
etnonim, “Shajarayi turk”, etnonimiya, oʻz qatlam, oʻzlashma qatlam, turkiy va moʻgʻul tillari, semantik tahlil, etnotoponim
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.