Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 94–95-betlar

O‘ZBEK ADABIYOTIDA BADIIY VAQT VA MAKON TUSHUNCHASINING NAZARIY ASOSLARI

Komilova, Maftuna

DOI: 10.70413/si-v03-i37-p1-027 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Adabiyotshunoslikda badiiy vaqt va makon tushunchalari muhim nazariy kategoriyalar sifatida alohida o‘rin egallaydi. Ular asar badiiy tizimini, voqealar rivoji va personajlar dunyoqarashini belgilovchi asosiy omillardandir. M.M. Baxtinning xronotop haqidagi qarashlari bu tushunchalarning ilmiy-nazariy asosini yaratgan. Badiiy vaqt va makon o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ular adabiy matnning estetik yaxlitligini ta’minlaydi. O‘zbek adabiyotida bu masala, ayniqsa, tarixiy, falsafiy va ijtimoiy ruhdagi asarlar tahlilida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, zamonaviy yozuvchilarning asarlarida badiiy vaqt va makon talqini insonning ichki kechinmalari bilan chambarchas bog‘liqdir.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.