Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 31–33-betlar

XX ASR IKKINCHI YARMIDA JANUBI-SHARQIY OSIYO MAMLAKATLARIDA MODERNIZATSIYA JARAYONLARI: SINGAPUR, MALAYZIYA, INDONEZIYA MISOLIDA

Yakubova, Sabina

DOI: 10.5281/zenodo.17383553 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur tezisda XX asr ikkinchi yarmida Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida kechgan modernizatsiya jarayonlari Singapur, Malayziya va Indoneziya misolida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ushbu mamlakatlarda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning shakllanishi, ularning zamonaviy davlat qurilishiga ta’siri o‘rganilgan. Singapur misolida sanoatlashuv, ta’lim tizimi va texnologik innovatsiyalar asosida barqaror iqtisodiy model yaratilgani ko‘rsatilgan. Malayziya tajribasida esa iqtisodiy diversifikatsiya, millatlararo totuvlik siyosati va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiruvchi davlat strategiyalari tahlil etilgan. Indoneziyada amalga oshirilgan siyosiy barqarorlik, agrar islohotlar va milliy identifikatsiyani mustahkamlash jarayonlari alohida e’tiborga olingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mazkur mamlakatlarda modernizatsiya jarayonlari tashqi omillar (g‘arb tajribasi, xalqaro iqtisodiy aloqalar) hamda ichki siyosiy irodaga tayanib amalga oshirilgan. Shu bois Janubi-Sharqiy Osiyo modeli — mahalliy qadriyatlar va global tajribaning o‘zaro uyg‘unlashgan ko‘rinishidir.

modernizatsiya, Janubi-Sharqiy Osiyo, Singapur, Malayziya, Indoneziya, islohotlar, iqtisodiy rivojlanish, siyosiy barqarorlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.