Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 82–83-betlar

KICHIK VA O‘RTA KORXONALARDA LOYIHALARNI BOSHQARISHDA DUCH KELINADIGAN MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI

Umarov, Laziz

DOI: 10.70413/si-v03-i39-p1-020 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada kichik va o‘rta korxonalarda (KO‘K) loyihalarni boshqarish jarayonida uchraydigan asosiy muammolar tahlil qilingan. Tadqiqotda resurslarning cheklanganligi, samarali kommunikatsiya yetishmasligi, risklarni baholashdagi kamchiliklar hamda vaqt va byudjetni boshqarishdagi qiyinchiliklar asosiy muammolar sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. So‘nggi yillarda o‘tkazilgan xalqaro statistik ma’lumotlar asosida loyiha boshqaruvi samaradorligini oshirishda zamonaviy dasturiy vositalarning, xususan, Asana, Jira va Microsoft Project dasturlarining o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada KO‘Klar uchun loyiha boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kichik va o‘rta korxonalar, loyiha boshqaruvi, risklarni boshqarish, vaqt va byudjet nazorati, kommunikatsiya, Asana, Jira, Microsoft Project, samaradorlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.