Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 117–124-betlar

WEB-SAHIFA BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Normurodova, Sadoqat, Mustafayeva, Farzona

DOI: 10.70413/si-v03-i04-p1-033 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu tezisda web-sahifa bo‘limlarining o‘qitish metodikasi yoritilgan bo‘lib, uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati va afzalliklari batafsil ko‘rib chiqilgan. Web-sahifa bo‘limlarining metodikasi ta’limning samaradorligini oshirish, o‘quvchilarni motivatsiya qilish, interaktiv o‘qish materiallari va shaxsiylashtirilgan ta’lim imkoniyatlarini yaratish kabi bir qator afzalliklarni taqdim etadi. Ushbu metodika o‘quvchilarga o‘z bilimlarini mustahkamlash, o‘z-o‘zini baholash va interaktiv vositalar yordamida ta’lim jarayonida faol ishtirok etish imkonini beradi. Shu bilan birga, web-sahifalar o‘qituvchilarga darsni samarali boshqarish, o‘quvchilarning yutuqlarini kuzatib borish va ta’limni shaxsiylashtirish imkoniyatini yaratadi. Tezissiz metodikaning samarali ishlashi o‘quvchilarni global bilimlar bilan tanishtirishga yordam beradi va o‘qituvchilarga masofaviy ta’limni ham samarali tashkil etish imkonini beradi. Web-sahifa bo‘limlarining metodikasining yanada rivojlanishi ta’lim tizimini modernizatsiya qilishda muhim rol o‘ynaydi. Tezisda metodikaning afzalliklari, amaliyotdagi qo‘llanilishi va ta’lim jarayonida qanday samaralar keltirishi haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.

Web-sahifa bo‘limi, o‘qitish metodikasi, interaktiv ta’lim, mustaqil o‘qish, o‘z-o‘zini baholash, shaxsiylashtirilgan ta’lim, ta’lim samaradorligi, o‘quvchilarni motivatsiya qilish, masofaviy ta’lim, o‘qituvchi va o‘quvchi aloqalari, ta’lim materiallari, global resurslar, testlar va viktorinalar, responsive dizayn, innovatsion ta’lim texnologiyalari.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.