Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 6-jild 3-son (2026) · 5–11-betlar

ANTHEMIS TINCTORIA L. O'SIMLIGI XOM ASHYOSIDAN OLINGAN SUYUQ EKSTRAKTI TARKIBIDAGI BIOLOGIC FAOL MODDALARNI ANIQLASH

Nozima, Sadikova, Yorqinoy, Saidkarimova

DOI: 10.5281/zenodo.18897693 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada  Anthemis tinctoria L. o`simligining shifobaxsh xususiyati uning ildizlarida poliasetilen, gullarida flavonoid, glyukozid, efirmoyi birikmalarining mavjudligi bilan bog‘liqligi keltirilgan.  Bundan tashqari bu o`simlik tarkibida inson organizmi uchun foydali bo`lgan kversetin, kauchuk, Vitamin R, ksantofill, rang beruvch moddalar va alkaloidlar saqlaydi. Bunda sariq romashka (Anthemis tinctoria L.) o‘simligi tarkibidagi ta'sir etuvchi biofaol moddani ajratib olishda quyidagi ajratuvchilar qo‘llanilib, bir qancha tajribalar olib borildi. Ajratuvchi sifatida tozalangan suv, etil spirtining xar xil foizdagi kontsentratsiyasi, ya'ni 40, 70, 90, 96% li etil spirtidan foydalanildi. YuSSX usuli yordamida Anthemis tinctoria L. o‘simligi xom ashyosidan olingan suyuq ekstrakti tarkibidagi flavonoidlar miqdori aniqlandi,  bunda  “Agilent 1260 Infinity”, spektrofotometrik detektor, xramotografik kolonka Agilent S18 5 mkm, 4.6x250 mm, gradiyent rejimda amalga oshirilganligi haqida ma'lumot berilgan

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.