Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 33–35-betlar

BOLALARDA YURAK-QON TOMIR TIZIMI BUZILISHLARI: TUG‘MA YURAK NUQSONLARI VA ULARNING ERTA ANIQLANISHI

Boymatova, Nargiza

DOI: 10.70413/si-v03-i40-p1-012 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Tug‘ma yurak nuqsonlari (TYN) bolalar yurak-qon tomir tizimi kasalliklari orasida eng keng tarqalgan patologiyalardan biridir. Ular embrional rivojlanishning erta bosqichlarida, yurak naychasi shakllanayotgan davrda yuzaga keladi. Bu jarayon 3–8-haftalar oralig‘ida sodir bo‘lib, yurakning bo‘lmachalari, qorinchalari va klapanlari hosil bo‘lish bosqichida hatto eng kichik genetik yoki ekologik ta’sir natijasida morfologik anomaliyalar paydo bo‘lishi mumkin. TYNlar etiologik jihatdan genetik, ekzogen va aralash turlarga bo‘linadi. Genetik shakllar ko‘pincha xromosomal sindromlar bilan bog‘liq bo‘lib, masalan, Daun sindromida (21-trisomiya) bolalarning yarmida bo‘lmachalararo yoki qorinchalararo devor defekti aniqlanadi. Tyorner sindromi aorta koarktatsiyasi bilan, Di Jorj sindromi (22q11 delesiyasi) esa Fallo tetradasi yoki truncus arteriosus bilan namoyon bo‘ladi. Bu holatlar irsiy omillar yurak morfogenezida qanchalik muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.