Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 36–39-betlar

OLMALIQ KON-METALLURGIYA KOMBINATI (OKMK)DA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA ORQALI IQTISODIY SAMARADORLIKNI OSHIRISH

Azizov, Abdulla

DOI: 10.70413/si-v03-i40-p1-013 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu tezisda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) misolida korxona faoliyatiga ERP (Enterprise Resource Planning) tizimlarini joriy etishning iqtisodiy samaradorlik, xarajatlarni optimallashtirish va ishlab chiqarish unumdorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot sanoat korxonalarida moliyaviy va operatsion jarayonlarni avtomatlashtirish zarurligini, bu esa tahlil aniqligini oshirish, real vaqt rejimida ma’lumotlardan foydalanish va strategik qarorlar sifatini yaxshilashga xizmat qilishini ta’kidlaydi. Ishlab chiqarish, moliya, xarid va texnik xizmat modullarini yagona tizimda integratsiya qilish natijasida operatsion xarajatlar kamayadi, moliyaviy shaffoflik ortadi va barqaror rentabellik ta’minlanadi. Shuningdek, tadqiqotda tog‘-kon sanoatida raqamli transformatsiyaning xalqaro tajribasi o‘rganilib, OKMK uchun ERP tizimlarini samarali joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.

ERP tizimlari, OKMK, moliyaviy avtomatlashtirish, tog‘-kon sanoati, raqamli transformatsiya, iqtisodiy samaradorlik, ishlab chiqarishni optimallashtirish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.