Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 138–139-betlar

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI MADANIY XUSUSIYATLAR VA ULARNING O‘ZIGA XOSLIGI

Esanov, Sirojiddin

DOI: 10.70413/si-v03-i40-p1-040 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Madaniyat va til o‘zaro uzviy aloqada bo‘lib, ular bir-birini to‘ldiradi hamda jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy hayotida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Til nafaqat aloqa vositasi, balki xalqning milliy o‘zligi, qadriyatlari va mentalitetini mujassamlashtiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bois ingliz va o‘zbek tillarini lingvokulturologik nuqtayi nazardan qiyosiy tahlil qilish har ikki xalqning dunyoqarashi va ijtimoiy hayot tarzini anglashga yordam beradi (Kramsch, 1998). O‘zbek tilidagi murojaat shakllari, maqollar va iboralar xalqning jamoaviylik, hurmat va birdamlikka yo‘naltirilganligini ko‘rsatsa, ingliz tilidagi nutq madaniyatida individualizm, aniqlik va diplomatik ifodalar ustuvorlik qiladi (Samovar va boshq., 2010).

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.