Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 110–114-betlar
O‘ZBEKISTONDA KAMBAG‘ALLIK TUSHUNCHASI VA MEZONLARI
Ravshanova, Sevara
DOI: 10.70413/si-v03-i05-p1-031 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada kambag‘allik tushunchasining rivojlanish iqtisodiyoti, sotsiologiya, siyosatshunoslik, psixologiya kabi turli ilmiy sohalar kesishmasidagi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatidagi talqini hamda O‘zbekiston sharoitida ushbu kategoriyani aniq belgilashda paydo bo‘layotgan metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Xususan, absolyut va nisbiy kambag‘allik konsepsiyalari, “resurslar va imkoniyatlar” nazariyasi, BMT hamda Jahon bankining xalqaro mezonlari, shuningdek, O‘zbekistonda “kam ta’minlanganlik”, “ehtiyojmandlik”, “kambag‘allikni qisqartirish” singari rasmiy istilohlarning ahamiyati yoritib beriladi. Maqolada 2023-yildan boshlab O‘zbekistonda xalqaro tajribaga tayangan holda “ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indeksi” elementlarini joriy etish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, turli davlat idoralarining kambag‘allikni o‘lchashdagi ma’lumotlari va ularning o‘zaro uyg‘unlashuvi holati ham ko‘rib chiqiladi. Keltirilgan dalillar O‘zbekistonda kambag‘allik mezonlarini xalqaro talablarga moslashtirish jarayonining muhim bosqichda ekanini ko‘rsatadi.
Kambag‘allik, absolyut kambag‘allik, nisbiy kambag‘allik, resurslar va imkoniyatlar konsepsiyasi, ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indeksi, kam ta’minlanganlik, minimal iste’mol savatchasi, ijtimoiy nafaqa, “Temir daftar”, O‘zbekiston.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.