Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 43–47-betlar

RAQAMLI VA IJTIMOIY MEDIA MARKETING VA UNING IMKONIYATLARI

QODIROV, FARRUX, RAHMATULLAYEVA, MAXFUZA

DOI: 10.5281/zenodo.15075878 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada raqamli va ijtimoiy media marketingning mohiyati, uning biznes rivojlanishidagi o‘rni hamda imkoniyatlari tahlil qilinadi. Raqamli marketing internet texnologiyalari yordamida mahsulot va xizmatlarni targ‘ib qilish usullarini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy media marketing esa Facebook, Instagram, TikTok, YouTube kabi platformalar orqali auditoriya bilan samarali muloqot o‘rnatish imkoniyatini beradi.Maqolada raqamli marketingning asosiy afzalliklari, jumladan, keng auditoriyaga chiqish, tejamkorlik, maqsadli reklama va real vaqt rejimida natijalarni tahlil qilish imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, ijtimoiy media marketingning brend sadoqatini oshirishdagi ahamiyati va biznes muvaffaqiyatiga ta’siri ham tahlil qilinadi. Ushbu mavzu biznes egalari, tadbirkorlar va marketing mutaxassislari uchun dolzarb bo‘lib, zamonaviy raqobat muhitida samarali strategiyalarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Raqamli marketing,Ijtimoiy media marketing, SEO (qidiruv tizimlari optimizatsiyasi), SMM (ijtimoiy tarmoqlarda marketing), kontent marketing, raqamli reklama, maqsadli auditoriya, brend sadoqati, internet marketing, marketing strategiyasi, onlayn biznes, raqamli texnologiyalar, trafik jalb qilish, reklama samaradorligi, mijozlar bilan muloqot.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.