Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 84–88-betlar

SUN'IY INTELLEKT ASOSIDA ISHLOVCHI CHAT-BOTLAR

Qodirov, Farrux, Uljayeva, Gulzebo

DOI: 10.5281/zenodo.15117761 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada  sun’iy intellekt asosida ishlovchi chat-botlarning texnologik asoslari, qo‘llanilishi va istiqbollari keng qamrovda tahlil qilinadi. Tadqiqot chat-botlarning insoniy muloqotni taqlid etish va samarali avtomatlashtirilgan yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Asosiy urg‘u tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), mashinani o‘rganish algoritmlari va ma'lumotlar analitikasiga qaratiladi, bu esa chat-botlarning muloqot sifati va aniqligini ta'minlaydi. Ish davomida chat-botlarning biznes, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, ta'lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda qo‘llanilish imkoniyatlari, shuningdek, etik, xavfsizlik va foydalanuvchi maxfiyligi masalalari ham muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt asosidagi chat-botlarning samaradorligini oshirish, innovatsion xizmatlar yaratish va inson-kompyuter o‘rtasidagi interaktiv muloqotni rivojlantirish borasida muhim istiqbollarni ko‘rsatadi.

Sun’iy intellekt, Chat-bot, Tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), Mashinani o‘rganish, Ma'lumotlar analitikasi, Avtomatlashtirilgan yordam, Insoniy muloqotni taqlid etish, Mijozlarga xizmat ko‘rsatish, Biznes avtomatizatsiyasi, Etik va xavfsizlik masalalari, Interaktiv muloqot, Innovatsion texnologiyalar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.