Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 89–95-betlar
SUN'IY YO'LDOSH INTERNETI VA UNING KELAJAGI
Qodirov, Farrux, Ujayeva, Gulzebo
DOI: 10.5281/zenodo.15119494 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada sun'iy yo'ldosh interneti va uning kelajagi mavzusi keng qamrovli tahlil qilingan. Tadqiqotda sun'iy yo'ldoshlarning turli turlari – geostatsion (GEO), past yer orbitasidagi (LEO) va o‘rta yer orbitasidagi (MEO) yo'ldoshlar – ularning ishlash printsiplari, afzalliklari va kamchiliklari yoritilgan. Shu bilan birga, texnik infratuzilma, inter-satellite aloqa, optik bog‘lanish va kiberxavfsizlik kabi masalalar ham ko‘rib chiqilgan. Iqtisodiy tahlil qismida yirik investitsiyalar, global bozor tendensiyalari va innovatsion ilovalar, shuningdek, raqamli tenglik va ijtimoiy integratsiya nuqtai nazaridan sun'iy yo'ldosh internetining salmoqli roli ta'kidlangan. Ekologik masalalar, xususan, orbital chiqindilar va energiya samaradorligi masalalari, shuningdek, normativ-huquqiy regulyatsiya va xalqaro hamkorlik istiqbollari ham tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari sun'iy yo'ldosh interneti texnologiyasining global telekommunikatsiya tizimlarini tubdan o'zgartirish, raqamli transformatsiya jarayonlarini tezlashtirish va iqtisodiy o'sishga ijobiy ta'sir ko'rsatish potensialini aks ettiradi.
Sun'iy yo'ldosh interneti, GEO yo'ldoshlar, LEO yo'ldoshlar,MEO yo'ldoshlar, SpaceX Starlink, OneWeb, Amazon Project Kuiper, Orbital chiqindilar, Inter-satellite aloqa, Optik bog‘lanish, Kiberxavfsizlik, Raqamli tenglik, Global internet qamrovi, IoT (Internet of Things), 5G va 6G texnologiyalari, Smart shaharlar, Normativ-huquqiy regulyatsiya, Energetika samaradorligi, Sun'iy intellekt va avtomatik boshqaruv.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.