Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 162–163-betlar

DOZORLI EPIDEMIOLOGIK NAZORAT TIZIMI ORQALI GRIPP VA O‘TKIR RESPIRATOR VIRUSLI INFEKSIYALAR PROFILAKTIKASINI TAKOMILASHTIRISH

Usmanova, Zukhra

DOI: 10.70413/si-v03-i07-p1-032 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Gripp va o’tkir respirator virusli infeksiyalar dunyo bo’ylab kasallanish va o’limning asosiy sabablaridan biri bo’lib qolmoqda. Bu kasalliklar aholi salomatligiga, shuningdek, iqtisodiyotga sezilarli ta’sir ko’rsatib, katta ijtimoiy va iqtisodiy yo’qotishlarga sabab bo’lmoqda. Globallashuv va aholi sonining koʻpayishi sharoitida havo tomchilari orqali yuqadigan infeksiyalar hududlar va mamlakatlar oʻrtasida tez tarqalmoqda. Bu, ayniqsa, epidemiya yoki pandemiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan viruslarning yangi shtammlariga taalluqlidir. Bundan tashqari, kasallanish statistikasi va klinik maʼlumotlar kabi epidemiologik nazoratning anʼanaviy usullari har doim ham kasalliklar tarqalishini tezkor aniqlash va ularga samarali javob berish imkonini bermaydi.  Dozorli epidemiologik nazorat yuqumli kasalliklarni barvaqt aniqlash va ularning tarqalishini nazorat qilish uchun zamonaviy metodologiya sifatida epidemiyalarni aniqroq prognozlash, ularning dinamikasini baholash va profilaktika chora-tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirish uchun muhim vositadir. Bu kasallikning yangi holatlarini tezkorlik bilan aniqlash, virus mutatsiyalarini kuzatish va emlash profilaktikasini tezkor joriy etish imkonini beradi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.