Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 116–120-betlar
DISKRET MATEMATIKA VA MATEMATIK MANTIQ TARIXI VA UNING ASOSLARI. TARIXIY MA’LUMOTLAR
Zaxiriddinova, Shahlo, Norboboyeva, Sevinchoy
DOI: 10.70413/si-v03-i08-p1-026 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada diskret matematika va matematik mantiq fanlarining kelib chiqishi, tarixiy rivojlanishi hamda zamonaviy fan va texnologiyalar bilan bog‘liqligi yoritilgan. Diskret matematikaning qadimgi yunon matematiklari (Pifagor, Evklid) va o‘rta asr olimlari (AlXorazmiy) tomonidan shakllanganligi, uning kombinatorika, graflar nazariyasi va ehtimollar nazariyasi kabi yo‘nalishlari bayon etilgan. Shuningdek, matematik mantiqning Aristotel davridan boshlab Jorj Bul, Gottlob Frege, David Hilbert va Kurt Gödel kabi olimlar tomonidan rivojlantirilganligi, uning zamonaviy kompyuter fanlari, sun'iy intellekt va kriptografiya sohalarida qo‘llanilishi ta’kidlangan. Ushbu maqola diskret matematika va matematik mantiqning ahamiyatini tushunish hamda ularning kelajakdagi tadqiqotlar uchun asosiy rol o‘ynashini ko‘rsatadi.
Diskret matematika, matematik mantiq, algoritmlar, kombinatorika, graflar nazariyasi, ehtimollar nazariyasi, Boolean algebra, Turing mashinasi, formallashgan tizimlar, mantiqiy isbot, to‘plamlar nazariyasi, hisoblash nazariyasi, kriptografiya, sun'iy intellekt, kompyuter fanlari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.