Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 58–60-betlar

PEDAGOG SHAXSIDA NUTQ MADANIYATI – KASBIY KOMPETENSIYANING MUHIM OMILI

Toʻychiboyeva, Gulchiroy

DOI: 10.5281/zenodo.19907794 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada pedagog shaxsida nutq madaniyatining tutgan o‘rni, uning kasbiy kompetensiya sifatidagi ahamiyati hamda ta’lim jarayonidagi roli batafsil yoritiladi. Nutq madaniyati pedagogning nafaqat bilim berish jarayonidagi asosiy vositasi, balki o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning muhim omili sifatida tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada nutqning asosiy sifatlari — to‘g‘rilik, aniqlik, ravonlik, boylik va ifodalilik kabi jihatlar keng yoritilib, ularning pedagogik faoliyatdagi o‘rni ochib beriladi.Bundan tashqari, bo‘lajak pedagoglarda nutq madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishning samarali usullari, xususan, adabiy til me’yorlariga amal qilish, nutq ustida muntazam ishlash, badiiy adabiyotlarni mutolaa qilish hamda amaliy mashg‘ulotlar orqali nutqni takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Maqolada pedagog nutqining o‘quvchilar tafakkuri, dunyoqarashi va shaxs sifatida shakllanishiga ko‘rsatadigan ta’siri ham alohida ta’kidlanadi.

nutq madaniyati, pedagog shaxsi, kasbiy kompetensiya, pedagogik muloqot, adabiy til me’yorlari, nutq sifati, nutqning to‘g‘riligi, aniqlik, ravonlik, ifodalilik, so‘z boyligi, talaffuz madaniyati, diksiya, kommunikativ kompetensiya, ta’lim jarayoni, tarbiyaviy ta’sir, nutq faoliyati, og‘zaki nutq, yozma nutq, nutqni rivojlantirish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.