Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 8–12-betlar
KOSONSOY TUMANIDA YENGIL AVTOMOBILLAR UCHUN ZAMONAVIY TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH VA ULARNING TAMIRLASH USTAXONASINI TAKOMILLASHTIRISH
Abdusalomov, Mansurbek, Ikromov, Bobur
DOI: 10.5281/zenodo.19916037 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu ilmiy ishda Kosonsoy tumanida yengil avtomobillar uchun zamonaviy texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash ustaxonasini takomillashtirish masalalari o‘rganilgan.Tadqiqot davomida hududdagi mavjud servis markazlarining texnik holati, xizmat ko‘rsatish sifati va ularning samaradorligi tahlil qilindi. Aniqlanishicha, ko‘plab ustaxonalarda zamonaviy diagnostika uskunalarining yetishmasligi, ish jarayonining noto‘g‘ri tashkil etilganligi hamda malakali mutaxassislar taqchilligi mavjud. Shu sababli, ishda ustaxonalarni zamonaviy texnologiyalar asosida qayta jihozlash, ish jarayonini optimallashtirish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.Shuningdek, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish, elektron navbat tizimini qo‘llash hamda texnologik xaritalarni ishlab chiqish orqali xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari asosida servis markazlarida ish unumdorligini oshirish, xizmat vaqtini qisqartirish va mijozlar ehtiyojini to‘liq qondirish imkoniyati mavjudligi asoslab berilgan.
texnik xizmat, avtomobil, ustaxona, diagnostika, ta’mirlash, samaradorlik, texnologiya, servis, optimallashtirish, boshqaruv, innovatsiya, infratuzilma.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.