Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 154–160-betlar

KATE CHOPIN QAHRAMONLARINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI: PSIXOLOGIK UYG‘ONISH VA IJTIMOIY CHEGARALAR TALQINI

Ibodullayeva, Zilola

DOI: 10.5281/zenodo.19975310 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada XIX asr oxiri Amerika adabiyotining muhim vakili Kate Chopin asarlarida qahramonlarning rivojlanish bosqichlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot obyekti sifatida adibaning The Awakening romani hamda “The Story of an Hour”, “A Pair of Silk Stockings”, “Désirée’s Baby” va “The Storm” hikoyalari tanlandi. Maqolada Chopin qahramonlari taraqqiyotining dastlabki ijtimoiy rolga joylashtirilish, ichki ziddiyatning shakllanishi, o‘zlikni anglash, erkinlikka intilish va yakuniy ruhiy natija kabi bosqichlari o‘rganiladi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, Chopin qahramonlari an’anaviy sarguzasht yoki tashqi harakatlar orqali emas, balki ruhiy tebranishlar, maishiy vaziyatlar, sezgi, xotira, istak va ijtimoiy bosim bilan to‘qnashuv orqali rivojlanadi. Ayniqsa ayol qahramonlarning o‘sishi nikoh, onalik, tanaviylik, shaxsiy erkinlik va ijtimoiy me’yorlar o‘rtasidagi murakkab ziddiyatlar bilan belgilanadi.

Kate Chopin, qahramon rivoji, psixologik realizm, ayol obrazi, ichki konflikt, o‘zlikni anglash, erkinlik, nikoh, Amerika adabiyoti.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.